Rolls-Royce dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish etdi (foto)

Rolls-Royce dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish etdi (foto)
Rolls-Royce kompaniyasi Sweptail nomi berilgan yangi loyihasini namoyish etdi. Mazkur avtomobil buyurtmachining talabiga ko‘ra, bir nusxada ishlab chiqarildi.

Kompaniya buyurtmachining ismini oshkor etmadi, ammo shunisi aniqki, u avtomobilning tashqi ko‘rinishini yaratishda qatnashgan. Loyiha mualliflari bu borada o‘tgan asrning 30-yillarida ishlab chiqarilgan avtomobillardan ruhlanishganini aytishmoqda.

Rolls-Royce rahbari Torsten Myuller-Otvos Sweptail buyurtmachiga 12 million evroga tushgani haqidagi gaplarni mish-mish deb atadi, ammo bu dunyodagi eng qimmat avtomobil ekanini ta’kidladi.
Rolls-Royce dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish etdi (foto)
Rolls-Royce dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish etdi (foto)
Rolls-Royce dunyodagi eng qimmat avtomobilni namoyish etdi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.