iPhone X uchun uning narxidan qimmatroq g‘ilof yaratildi

iPhone X uchun uning narxidan qimmatroq g‘ilof yaratildi
Singapurda joylashgan Gray International kompaniyasi iPhone X smartfonlari uchun mo‘ljallangan cheklangan miqdordagi g‘iloflar to‘plamini chiqardi. Bu g‘ilofning narxi smartfonning o‘zining narxidan qimmatroq bo‘lib, 1,3 ming dollarni tashkil qiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Kompaniya o‘zining g‘iloflarini dunyodagi eng qimmat g‘iloflar deb aytmoqda.

G‘iloflar titandan tayyorlangan. Bu metalldan aerokoinot sanoatida foydalaniladi. Unga olov bilan ishlov berish esa noyob tusga erishishga yordam beradi.

G‘ilofning mustahkam materiali smartfonni tushib ketganda mexanik shikastlardan himoyalaydi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.