Endi Coca-Cola idishlari okean chiqindilaridan yasaladi

Endi Coca-Cola idishlari okean chiqindilaridan yasaladi
Yaqinda Coca-Cola korporatsiyasi okeanga tashlangan axlat qutisidan bir nechta plastik idishlar yasashga qodir ekanliklarini e’lon qilishdi. Kompaniyaning press-relizida aytilishicha, okean chiqindilaridan tayyorlangan 300 ta namuna idishlari ham oziq-ovqat ham ichimliklar uchun qayta ishlangan qadoqlar sifatida ishlatilishga mo‘ljallangan edi, deya xabar bermoqda Truth Theory.

Bayonotga ko‘ra, bu kompaniya oziq-ovqat yoki ichimliklar paketlarini ishlab chiqarishda foydalanish uchun birinchi marta okean chiqindilarini muvaffaqiyatli qayta ishlagan. Biroq, shisha butunlay qayta ishlangan plastmassadan tayyorlanmagan, uning tarkibining atigi 25 foizi okeandan. Shunday bo‘lsa-da, kompaniya ushbu yutuqli texnologiya qayta ishlash sohasidagi oldinga qadam ekanligini aytadi.

Coca-Cola G‘arbiy Yevropa texnik va ta’minot bo‘yicha direktori Bruno van Gompel: \"Rivojlangan qayta ishlash texnologiyalari nafaqat biz, balki sanoat va umuman jamiyat uchun juda foydali. Bularning ko‘lami kengaygan sari, biz ishlatgan barcha plastmassalar qaytadan ishlanishi, yana bir bor emas, balki qayta-qayta ishlab chiqarishimiz mumkinligini ko‘ramiz.”
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sitora
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.