Smartfonlarni “o‘ldiradigan” rasm internetda tarqaldi

Smartfonlarni “o‘ldiradigan” rasm internetda tarqaldi
Ice Universe nikli tvitter foydalanuvchisi Samsung smatfonlarini ishdan chiqarishga qodir bo‘lgan suratni chop etdi.
Bu suratni hech qachon “zastavka”ga o‘rnatmang, ayniqsa Samsung smartfonlariga”, - deb ogohlantirdi u.

Rasmda quyoshning botishi fonida tog‘lar va ko‘l manzarasi tasvirlangan.

Foydalanuvchilar fotosurat o‘rnatgandan so‘ng, ularning gadjetlari qayta ishga tushish, miltillash va o‘chirib qolishni boshladi. Smartfon egalarining ba’zilari barcha ma’lumotlarni o‘chib ketganini aytishdi.

Keyinchalik post muallifi Samsung kompaniyasi ushbu muammoga munosabat bildirgani va maxsus “yangilanish” tayyorlanishini ma’lum qildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.