O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik banknot chiqariladimi?

O‘zbekistonda 500 ming so‘mlik banknot chiqariladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 500 ming so‘mlik yangi banknot muomalaga chiqarilishi haqida tarqalgan xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Biroq Markaziy bank mazkur ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, bu kabi xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emas va ayni vaqtda yangi pul belgisini chiqarish masalasi kun tartibida mavjud emas.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 40-moddasiga muvofiq, mamlakat hududida banknot va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga kiritish huquqi faqat Markaziy bankka tegishli hisoblanadi. Shuningdek, yangi pul belgilari faqat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan tegishli qaror tasdiqlanganidan keyin muomalaga chiqarilishi mumkin. Shundan so‘nggina yangi banknotning ko‘rinishi va uning muomalaga kiritilishi haqidagi rasmiy ma’lumotlar ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.