O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada oltin medal oldi

O‘zbekiston merganlari xalqaro musobaqada oltin medal oldi

Foto: Mudofaa vazirligi

Turkiyada o‘tkazilgan VI Xalqaro \"Eng ilg‘or merganlar jamoasi\" musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Bellashuv 10–21-may kunlari Isparta shahridagi \"Kommandos\" tog‘-o‘quv mashqlari markazida bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 13 davlatdan 24 ta jamoa ishtirok etdi. O‘zbekiston, Turkiya, Turkmaniston, Pokiston, Kosovo, Ozarbayjon, Italiya va boshqa davlatlar harbiylari turli murakkab shartlar bo‘yicha kuch sinashdi.

Ishtirokchilar \"Jangovar otish\", \"Yuqori aniqlikda otish\", \"Tunda noma’lum masofaga o‘q otish\" va \"Havodagi vertolyotdan otish\" kabi sinovlarda mahorat ko‘rsatdi.

Hal qiluvchi bosqichda O‘zbekiston merganlari vazifalarni belgilangan vaqtdan oldin, yuqori aniqlik va tezkorlik bilan bajardi. Natijada jamoa xorijiy armiyalar orasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, oltin medal bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston jamoasi ushbu musobaqada 2024, 2025 va 2026-yillarda ketma-ket chempion bo‘ldi. Bu natija harbiylarimizning tayyorgarligi va jangovar mahorati yuqori ekanini yana bir bor namoyon qildi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.