So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni qaysi viloyatda qanday ob-havo bo‘ladi?

So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni qaysi viloyatda qanday ob-havo bo‘ladi?

So‘nggi qo‘ng‘iroq kuni qaysi viloyatda qanday ob-havo bo‘ladi?

“O‘zgidromet” 25 may — “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilsa, tog‘li joylarda sel-suv toshqini xavfi saqlanib qolmoqda.
Toshkent shahri
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 26-28°.
Toshkent viloyati
Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda kuchli shamol va chang-to‘zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 28-33°.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo quruq va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Kunlar nisbatan issiq bo‘ladi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°.
Tog‘li va tog‘oldi hududlar
Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq va do‘l ehtimoli bor. Sel-suv toshqinlari xavfi saqlanib qolmoqda. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.