Andijon viloyati Sud departamenti boshlang‘ich bahosi 615 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan Lamborghini Gallardo sportkarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi, deyiladi "Kun" nashrida.
Sud qarorlarini ijro etish departamenti saytiga qo‘yilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq kimoshdi savdosi shu yil 22 sentyabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan. 2004 yilda ishlab chiqarilgan mashina yaxshi holatda ekani ta’kidlangan.
Shu bilan birga, savdoga qo‘yilgan avtomobillarning kelib chiqishi xususida batafsil ma’lumot keltirilmagan.
Lamborghini Gallardo – 2003-2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, Lamborghini kompaniyasi ishlab chiqqan modellar orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi. 11 yil mobaynida mashinadan 14 mingdan ortiq nusxa ishlab chiqilgan. Uning eng arzon to‘plami 160 ming dollarga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi