31 oktyabr kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi orqali dahshatli avtohalokat oqibati aks etgan fotosuratlar tarqaldi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" sayti.
Guvohlarning aytishicha, halokat 28 oktyabr kuni tongda “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar majmasi oldida yuz bergan.
Ma’lumotlarga qaraganda, yo‘l transport hodisasi “Gazel” yuk tashuvchi mashinasi va “Mercedes-Benz” rusumli avtomobillar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Ular bir-biri bilan yon tomondan to‘qnashib ketgan. Fotosuratlarga e’tibor berilsa, “Mercedes” mashinasi umuman tanib bo‘lmas holga kelib, go‘yo temir-tersak chiqindisiga aylangan. Bu holdan mashina tezligi yuqori darajada bo‘lganini taxmin qilish qiyin emas.
Xabarlarga qaraganda, yengil mashinadagi yo‘lovchilar, haydovchi va yana bir qiz voqea joyida halok bo‘lgan.
Xozircha tegishli idoralar tomonidan bu vazyait yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Yuqorida keltirilgan fikrlar esa guvohlarning so‘zlari ekanini ta’kidlab o‘tish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?