Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Askar Mamin 7 noyabrda bir necha ishlab chiqarish ob’ektlariga tashrif buyurdi. Jumladan, u "SariArkaAvtoprom" korxonasida ham bo‘ldi.
Maminga Ravon rusumidagi yangi "Neksiya" avtomobili namoyish qilindi. Bu mashina Qo‘stanayda o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda yig‘ilmoqchi.
"Bu mashina Qozog‘istondagi eng arzon mashina bo‘ladi. Uning narxi 2,6 mln tangani tashkil qiladi, undan arzonrog‘i shunchaki yo‘q", deb aytgan "Allur Auto" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentev.
Lavrentevning aytishicha, mashina yirik uzelli usulda yig‘iladi: mashina komplektlari O‘zbekistondan keltiriladi, mahalliylashtirish 30 foizgachani tashkil qiladi. Kelajakda mashina kichik uzelli metodda yig‘ilishi boshlanadi hamda mahalliylashtirish 50 foizga va undan ko‘proqqacha etkaziladi.
"Bu avtomobil sinovlardan o‘tgan va Evro-6 standartlariga javob beruvchi sertifikat oladi", deb ma’lum qildi Lavrentev.
Mamin Ravon avtomobili rulida o‘tirib ko‘rdi. Birinchi avtomobil ishlab chiqarilishining sanasi hozircha belgilanmagan, biroq zavodda ta’kidlanishicha, o‘zaro ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bir necha hujjatlarni imzolashgina qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi