13:49 / 24.11.2016
7 796

Xitoyda megavatt quvvatli superkar tayyorlandi

Xitoyda megavatt quvvatli superkar tayyorlandi

NextEV kompaniyasi yangi Nio elektromobil brendiga asos soldi. Brendning dastlabki elektrli superkari Nio EP9 bo‘ldi.

Bir oy ilgari Nyurburgring trassasini kezgan bu mashina dunyodagi eng tezkor elektrli superkar nomini oldi. Mashhur trassani 7 daqiqayu 5,12 soniyada bosib o‘tgan Nio EP9 nafaqat o‘zidan oldingi elektromobillaridan, balki Nissan GT-R Nismo va Dodge Viper ACR sportkarlaridan ham o‘zib ketdi.

Nio EP9 sport prototiplari kategoriyasida tayyorlangan, biroq umumfoydalanish yo‘llarida yurishga mo‘ljallangan. To‘rt elektromotorining jami quvvati 1360 ot kuchiga teng.

Kompozit materallardan yasalganligiga qaramasdan superkar og‘irgina – 1736 kg. Dvigatellar kuzovning biqinidagi ikkita litiy-ionli batareyalardan oziqlanadi. Batareyalar tez zaryadlanish xususiyatiga ega: 45 daqiqada quvvat olib 427 km yo‘l bosadi.

Yuz tezlikka chiqishi uchun superkarga 2,7 soniya etarli. Eng yuqori tezligi soatiga 313 km. Superkar mualliflari yalpi ishlab chiqarish niyatlari yo‘qligini oldindan darhol aytib qo‘ydi, chunki o‘zini oqlaydimi-yo‘qmi gumon. Shuning uchun oltitagina elektromobil ishlab chiqariladi.

Bir-ikkitasi tomosha avtomobili sifatida NextEV firmasining ixtiyorida qoladi. Qolganlari puldor kolleksionerlarga sotilishi mumkin. Narxi aniq aytilmadi, ammo 1 mln dollardan oshishi kutilyapti.

NextEV firmasining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi 2020 yilgacha arzon Nio elektromobillarini yalpi ishlab chiqarishdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda megavatt quvvatli superkar tayyorlandi