Rossiya avtomobil sanoatidagi yangi Lada Vesta va Lada Xray modellari Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinishi mumkin. Mashinalar O‘zbekiston, Tojikiston va mintaqaning bir qator boshqa davlatlariga Qozog‘istondagi «Aziya-Avto» korxonasi orqali etkazib berilishi ko‘zda tutilgan, deyiladi Kun.uz sayti xabarida.
«Kolesa.ru» portalining xabar berishicha, avtomobillar Ust-Kamenogorskda joylashgan «Aziya-Avto» zavodida yig‘ilmoqda.
Qozog‘iston korxonasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Lada avtomobillarini 2017 yilda 10 ming nusxada chiqarish rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Tojikistonga «AvtoVAZ»dan tashqari Ravon brendi ham etkazib berilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov boshchiligidagi katta hukumat delegasiyasi Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga 26 dekabr kuni tashrif buyuradi. Ushbu tashrif chog‘ida bu masala yuzasidan ham aniqlik kiritilishi ehtimolga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin