Shvesiyaning Syodertele shahri transportiga simsiz (induksion) zaryadlanuvchi gibrid avtobus qo‘shildi. U bekatlarda quvvat oladi.
Bu texnologiya keskin iqlim sharoitida birinchi marta sinovdan o‘tmoqda. Quvvatlanish tartibi oddiy: avtobus asfaltdagi zaryadlovchi element ustida to‘xtaydi va avtomatik tarzda akkumulyatorini to‘ydiradi.
Induksion tizim shahar muhitini o‘zgartirmaydi va umuman sezilmaydi. 10 kmni bosish uchun 7 daqiqa zaryad olish etarlidir.
“Bu Scanianing shahar transporti barqaror tizimini topish yo‘lidagi bir qancha loyihalaridan biridir. Biz shaharlardagi talabni o‘rganish hamda mahalliy ishlab chiqariluvchi muqobil yonilg‘i turida, shuningdek, elektrlashtirish texnologiyasida ishlaydigan, ekologik, tezkor, xavfsiz va tejamkor tizim yaratish ustida ishlayapmiz”, dedi Scanianing shahar ekologik xavfsizligi bo‘yicha qarorlar chiqarish bo‘limi boshlig‘i Anders Grundstryomer.
Kompaniyadagilar shahar jamoat transportini elektrlashtirish turli texnologiya va echimlar talab qilishini qayd etadi. Xususan, gibrid va elektrobuslar avtoturargohda, bekatda yoki yo‘l-yo‘lakay zaryadlanadi.
Syodertele shahrida “Skaniya” sinayotgan avtobusning akkumulyatorlari ish vaqtida, tormozlanish vaqtida, ichki yonuv dvigateli hisobiga ham zaryadlana oladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi