Bugun, 3 yanvar kuni yarim tunda, soat 01:00 atrofida Toshkentda dahshatli YTH qayd etildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari bergan xabarga asoslanib Qalampir.uz sayti ma’lum qilmoqda.
Yog‘ingarchilik vaqtida erdagi chang suv bilan aralashadi. Natijada esa er muzlagandanda xavfliroq holatga keladi. Bunday vaqtda esa tezlikni oshirish, zudlik bilan to‘xtash tavsiya etilmaydi. Tunda sodir bo‘lgan YTHga aynan shular sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Toshkent shahrining Sebzor ko‘chasidan kelayotgan avtomobil tonnelga tushib ketayotgan chog‘ida YTHga uchradi. Eng qizig‘i Gentra rusumidagi mazkur avtomobil bilan sodir bo‘lgan YTHning boshqa ishtirokchisi yo‘q. Avtomobil yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan va tanib bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan.
Avtomobilning hozirgi holatidan ko‘rinib turibdiki, haydovchi yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: haydovchi omonmi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan xabarlarga qaraganda, haydovchining qo‘li va burni singan. U zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi