22:22 / 12.01.2017
9 057

Kanadada 100 avtomobil ishtirokida ommaviy avariya yuz berdi

Kanadada 100 avtomobil ishtirokida ommaviy avariya yuz berdi

Kanadada qariyb 100 avtomobil ishtirokida ommaviy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. «Daryo»ning yozishicha, hodisa Ontario viloyatidagi 401-trassada yuz bergan.

Internetda hodisa joyidan olingan bir necha video paydo bo‘lgan. Ularning birida boshqaruvni yo‘qotgan yuk mashinasi tirbandlikda turib qolgan avtomobillarga borib urilayotgani aks etgan.

Mahalliy ma’muriyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, shossedan janubroqda joylashgan Ontario ko‘lidan kelgan kuchli qor sababli, yo‘lning bu qismida ko‘rish uzoqligi sezilarli darajada qisqargan.

Ommaviy avariya oqibatida hech kim halok bo‘lmagan, bir necha kishi kichik tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Kanadada 100 avtomobil ishtirokida ommaviy avariya yuz berdi