13:15 / 06.02.2017
7 198

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi ariqqa tushib ketdi

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi ariqqa tushib ketdi

Toshkentda TTZ-“Do‘stlik” metro bekati yo‘nalishida harakatlangan 49-raqamli “Isuzu” yo‘lovchi avtobusi sirpanchiq yo‘lda ag‘darilib ketdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ma’lum bo‘lishicha, Yashnobod tumanidagi Aviasozlar ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan yo‘lovchi transporti ariqqa tushib ketib, yonboshlab qolgan. Voqea joyidan olingan fotosuratlar Facebook’dagi guruhlardan birida joylashtirildi.

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kimga zarar etmagan. Guvohlarning fikricha, voqeaga muzlab qolgan yo‘l sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Toshkentda yo‘lovchi avtobusi ariqqa tushib ketdi