10:12 / 09.02.2017
8 442

Tesla Model S tezlashish rekordini o‘rnatdi

Tesla Model S tezlashish rekordini o‘rnatdi

Tesla Model S P100D avtomobili tezlashish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, deb xabar bermoqda Kun nashri.

Sinovlar vaqtida yangilangan dasturiy ta’minot Ludicrous+’ga ega avtomobil 0 dan 96,5 km/soat tezlikkacha 2,28 soniyada erisha olgan. Bu Motor Trend tomonidan uyushtirilgan avtomobillar sinovlari tarixida eng yaxshi natija bo‘ldi. Bungacha bunday tezlanishga 2,23 soniyadan kamroqqa hali yarishilmagan.

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask tvitterda avtomobilning yangi dasturiy ta’minoti haqida gapirib, avtomobil bunday tezlikka 2,34 soniyada erisha olishini aytgandi.

Nashrning ta’kidlashicha, Tesla Model S P100D’ning ko‘rsatgan natijasi u elektromobil bo‘lgani uchun hayratlantirsada, u bu borada Ferrari LaFerrari, Porche 918 va McLaren P1 superkarlaridan ortda qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Tesla Model S tezlashish rekordini o‘rnatdi