10:48 / 20.05.2015
11 210

O‘zbekiston dunyoning 50 ta eng yirik avtomobil bozorlari qatoriga kiritildi

O‘zbekiston dunyoning 50 ta eng yirik avtomobil bozorlari qatoriga kiritildi

O‘zbekiston avtomobil bozori 2015 yilning 1-choragiga ko‘ra, duyoninng eng yirik avtomobil bozorlari reytingida 43-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Bu haqda dunyo avtomobil bozorlarini tahlil qilishga ixtisoslashgan Focus2move konsalting agentligi ma’lumotlari darak bermoqda. 2014 yilning shu davriga nisbatan O‘zbekiston avtomobil bozori 5 ta o‘ringa yuqorilagan (2014 yilda 48-o‘rinni egallagan edi).

Mart oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston avtomobil bozori jahon avtomobil bozorining 0,2 foizini tashkil qilmoqda. O‘zbekistonda joriy yilning dastlabki uch oyida 52005 ta, jumladan mart oyida 17910 ta avtomobil sotilgan. Joriy yilda 2014 yilning 1-choragiga nisbatan 10 foiz kamroq avtomobil sotilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston dunyoning 50 ta eng yirik avtomobil bozorlari qatoriga kiritildi