21:41 / 21.03.2017
15 507

O‘yinchoq mashinalar 2 tonnalik Toyota pikapini shatakka oldi

O‘yinchoq mashinalar 2 tonnalik Toyota pikapini shatakka oldi
Radioboshqaruv orqali harakatga keltiriladigan 15 ta Tamiya Hilux Bruiser 4X4 o‘yinchoq mashinalari og‘irligi 2165 kilogramm bo‘lgan haqiqiy Toyota Hilux pikapini shatakka olib, tortdi. Voqea aks etgan rolik Toyota’ning Britaniyadagi ofisiga tegishli YouTube-sahifada e’lon qilindi, deya yozmoqda «Daryo» nashri.

Sinovni amalga oshirishga tayyorlik vaqtida o‘yinchoq mashina shinalaridagi bosim maksimal darajaga olib chiqildi, sath bilan optimal tortishishni ta’minlash maqsadida mashinchalar kuzoviga 500 grammdan yuk qo‘yildi. Bundan tashqari, shatakka olish uchun maxsus po‘lat mahkamlagichlar ham tayyorlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘yinchoq mashinalar 2 tonnalik Toyota pikapini shatakka oldi