19:25 / 29.05.2015
7 002

Yapon kompaniyasi haydovchisiz taksi-robotlarni ishlab chiqishga kirishdi

Yapon kompaniyasi haydovchisiz taksi-robotlarni ishlab chiqishga kirishdi

Yaponiyaning tarmoqli kompyuter o‘yinlar sotishga ixtisoslashgan DeNA korporasiyasi haydovchisiz harakatlanadigan avtomatlashtirilgan taksi-robotlarni ishlab chiqishga kirishdi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.

Bunday avtomobillar birinchi navbatda katta shaharlarga qatnaydigan aholi oqimi ko‘pligi tufayli haydovchilar etishmovchiligi seziladigan hududlarga mo‘ljallanadi. Mijoz smartfon orqali o‘z manzili va boradigan joyi haqida ma’lumot jo‘natadi. Bu taksi—robot xotirasiga yoziladi va u mijozga mustaqil xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lkira ham mijozning bankdagi hisobidan avtomatik tarzda echib olinadi.

Qayd etilishicha, hozirda robot avtomobillarni ishlab chiqish bilan sohaning barcha etakchi kompaniyalari shug‘ullanmoqda. Yaponiyada bu borada Nissan etakchilik qilimoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yapon kompaniyasi haydovchisiz taksi-robotlarni ishlab chiqishga kirishdi