06:27 / 26.03.2017
6 513

Ford xavfsizlik yostiqchasini shiftga o‘rnatdi

Ford xavfsizlik yostiqchasini shiftga o‘rnatdi
Ford kompaniyasi yangicha xavfsizlik yostiqchasini patentladi. Carzone.uz xabar qilishicha, yostiqcha mashina shiftiga joylashadi.

Yostiqcha shift jildi va kuzov orasiga qoplanadi. Mashina ag‘darilib ketganda u shishadi hamda yo‘lovchilar va haydovchining boshini zarbdan saqlab qoladi.

Patentda yozilishicha, bunday yostiqchalarni hozir ishlab chiqarilayotgan mashinalarga ham konstruksiyasini jiddiy o‘zgartirmasdan o‘rnatish mumkin.

Qayddan o‘tkazish uchun ariza 2016 yilning kuzida topshirilgan.

Shifti havfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan avtomobillar qachon paydo bo‘lishiga “Ford” aniqlik kiritmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ford xavfsizlik yostiqchasini shiftga o‘rnatdi