00:41 / 31.03.2017
5 964

«Forsaj» qahramonlari 520 mln dollarlik bino va mashinalarni yo‘q qilgan

«Forsaj» qahramonlari 520 mln dollarlik bino va mashinalarni yo‘q qilgan
Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatuvchi va avtomobil bozorini o‘rganuvchi «Insurethegap.com» portali «Forsaj»ning barcha qismlarida buzilgan mashinalar va inshootlarning qiymatini hisoblab chiqdi. Umumiy summa qariyb 420 million funt sterling yoki 520 million dollardan ko‘proqni tashkil qildi. Bu haqda «Motor» nashriga tayanib «Daryo.uz» xabar berdi.

Umumiy qiymat ichiga filmning etti qismidagi avtomobillar, samolyotlar va vertolyotlar, binolar, avtobuslar, tanklar, poezdlar va motosikllar kirdi. Transport vositalari ichida 169 tasi qisman zararlangan, 142 ta oddiy transport vositasi butunlay yo‘q qilingan. 37 ta maxsus transport vositasi majaqlangan, 53 ta inshoot zararlangan, 31 tasi butunlay buzib tashlangan.

«Forsaj»da zarar ko‘rgan eng qimmat mashina W Motors Lykan Hypersport giperkari bo‘lib, uning narxi 3,4 million dollarni tashkil qilgan. Ijobiy qahramonlar etkazgan zarar 324 million dollarni, salbiy qahramonlarning hissasi esa 196 million dollarni tashkil qilgan.

Shu bilan birga eng buzg‘unchi salbiy qahramon Jeyson Steytem ijrosidagi personaj bo‘lib, u qariyb 185 million dollarlik zararni keltirib chiqargan. Ijobiy qahramonlar orasida Vin Dizel yaratgan personaj eng ko‘p zarar etkazgan bo‘lib, uning qiymati 70 million dollarga yaqin.

Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, buzg‘unchiliklar oltinchi va ettinchi qismlarda keskin oshib ketgan.

«Forsaj» filmining sakkizinchi epizodi 12 aprelda katta ekranlarga chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Forsaj» qahramonlari 520 mln dollarlik bino va mashinalarni yo‘q qilgan