12:34 / 03.04.2017
9 993

Qibrayda g‘isht ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Qibrayda g‘isht ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Kecha, 2 aprel kuni taxminan soat 11:40larda Toshkent viloyatining Qibray tumanida, “Feruza” temir yo‘l bekatidan uncha uzoq bo‘lmagan joyda pishiq g‘isht ortilgan “ZiL” yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

“ZiL” avtomobili haydovchisining aytishicha, YTH oq rangli “Spark” rusumli avtomashina qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan. Undan qochishga uringan “ZiL” esa o‘z ag‘anab ketgan.

“ZiL” haydovchisi jabrlanmagan va mashina kabinasidan o‘zi chiqib olgan. “Spark” haydovchisi esa voqea joyini tashlab ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qibrayda g‘isht ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi