2017 yilning I choragida Tesla avtomobillarining dunyo miqyosidagi sotuvlari 69 foizga o‘sdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, joriy yilning I choragida jami 25 418 avtomobil sotilgan, ulardan 13 450 tasi — Model S va 11 500 tasi — Model X. Bu raqamlar Tesla faoliyatidagi rekord ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Model S sotuvlari o‘tgan yilgiga nisbatan taxminan 8 foizga o‘sdi. Hozirda yana 4 650 avtomobil iste’molchilarga etkazilish jarayonida.
Tesla o‘tgan chorakda 24 500 avtomobil sotgan. Kompaniya sotuvlarni hisoblashda "konservativ" usuldan foydalanishini ta’kidlaydi, ya’ni avtomobil xaridorga etkazilgandan keyingina sotilgan hisoblanadi.
Kompaniyada ma’lum qilinishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish - kompaniya moliyaviy daromadining asosiy, lekin yagona ko‘rsatkichi emas.
Yaqinda Tesla bozor kapitalizasiyasi bo‘yicha Ford'ga deyarli etib oldi.//zamin.uz/uploads/posts/2017-04/1491215659_gf0y6r6naeyps1m3fa2lcx56-xjc1kxz.jpg[/img] “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi