21:26 / 30.05.2017
8 472

«GM Uzbekistan» 1 iyundan avtomobillarni etkazib berishga doir shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi

«GM Uzbekistan» 1 iyundan avtomobillarni etkazib berishga doir shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi
«GM Uzbekistan» AJ joriy yilning 1 iyunidan avtomobillarni etkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi. Bu haqida «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati xabar berdi.

Yozning birinchi kunidan yangi shartnomalarni rasmiylashtirish faqat milliy valyutada amalga oshiriladi, bu yengil avtomobillarning barcha turlariga taalluqli. Bundan avval tuzilgan shartnomalar shartlari o‘zgarishsiz qolmoqda.

Ta’kidlash joizki, «GM Uzbekistan» bilan shartnoma tuzish vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgandi. Kompaniya 29-31 may kunlari shartnomalar, to‘lovlar inventarizasiyasini o‘ktazadi, shuningdek shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ma’lumotlarni yangilash elektron tizimini qayta ishga tushiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «GM Uzbekistan» 1 iyundan avtomobillarni etkazib berishga doir shartnomalar tuzish jarayonini tiklaydi