08:35 / 08.06.2017
23 043

GM Uzbekistan avtomobil uchun to‘lov turlariga aniqlik kiritdi

GM Uzbekistan avtomobil uchun to‘lov turlariga aniqlik kiritdi
GM Uzbekistan o‘zining Facebook’dagi sahifasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan avtomobil uchun to‘lov turlariga aniqlik kiritdi, deb yozadi Daryo nashri.

Jismoniy shaxslarga avtomobil sotuvi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  • Naqd pul mablag‘larini bank kassasiga topshirish orqali;
  • Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan avtomobilni xarid qilish uchun beriladigan iste’mol krediti hisobidan yoki jismoniy shaxslarning omonat (depozit) hisob raqamlaridagi mablag‘laridan pul o‘tkazish orqali;
  • Faqat xaridor nomiga rasmiylashtirilgan jismoniy shaxsning plastik kartochkasi orqali.

Yuridik shaxslarga avtomobil sotuvi quyidagicha amalga oshiriladi:
  • Yuridik shaxslarning banklardagi depozit hisob raqamlaridan pul o‘tkazish orqali;
  • Tijorat banklari tomonidan yuridik shaxslar yoki yakka tadbirkorlarga avtomobil xarid qilish uchun berilgan kredit hisobidan, ssuda hisob raqamlaridagi mablag‘lardan pul o‘tkazish orqali.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan avtomobil uchun to‘lov turlariga aniqlik kiritdi