06:48 / 18.06.2017
7 035

Volkswagen modellar qatorida yangi miniven paydo bo‘ladi

Volkswagen modellar qatorida yangi miniven paydo bo‘ladi
Volkswagen kompaniyasi I.D. Buzz konsepti dizayniga o‘xshash elektr minivenni seriyali ishlab chiqarmoqchi.

Bu haqda Auto Express nashriga nemis markasi boshqaruv raisi Gerbert Diss ma’lum qildi.



Taxmin qilinishicha, yangi miniven elektr dvigatel bilan jihozlanadi. Model VW’ning bo‘lg‘usi elektrokarlari uchun maxsus yaratilgan MEB platformasida quriladi. Biroq yangi mashinaning ishlab chiqarilishi aniq muddatlari ma’lum qilinmagan.

I.D. Buzz konsepti joriy yanvarda Detroyt avtosalonida ilk bor namoyish qilingan. Miniven dizayni T1 modeli uslubida bajarilgan. Prototip umumiy quvvati 370 ot kuchiga ega ikkita elektromotor olgan. Konsept ilk 100 km/soat tezlikka 5 soniyada erisha oladi, uning maksimal tezligi esa elektronika bilan 160 km/soat bilan cheklangan. Mashina bir quvvatlanishda 600 km ga yaqin yo‘l bosa oladi.



I.D. konseptual elektrokarlari oilasiga hammasi bo‘lib uchta model: minivendan tashqari, unga xetchbek va krossover kiradi. Ulardan eng birinchi prototip – xetchbek o‘tgan yil kuzida, kupesimon krossover esa 2017 yil aprelida namoyish qilingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qolgan elektr konseptlar ham konveyerga qo‘yilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volkswagen modellar qatorida yangi miniven paydo bo‘ladi