16:03 / 22.06.2017
23 446

Avtomobilni kreditga olish uchun qanday hujjatlar kerak?

Avtomobilni kreditga olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Iyun oyining boshida O‘zbekistonning bir necha banklari jismoniy shaxslarga shaxsiy avtomobil sotib olish uchun kreditlar bera boshlagani haqidagi xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu masalani hal qilish uchun Asaka bank va Aloqa bankning Samarqand bo‘limiga telefon qildik, deb yozmoqda Sputnik nashri.
Bank xodimi bilan suhbatda ma’lum bo‘lishicha, Asaka bankning Samarqand bo‘limi ayni damda kredit berishni «texnik sabablarga» ko‘ra to‘xtatgan. Aloqa bank esa, avtomobil sotib olishga kredit berishga tayyor ekan.

Bank xodimining so‘zlariga ko‘ra, agar birinchi to‘lov avtomobil narxining 30 foiz bo‘lsa, kredit stavkasi yiliga 16 foiz bo‘ladi. 40 foiz bo‘lgan taqdirda, stavka miqdori —15 foizni, to‘lov 50 foiz dan ko‘p bo‘lsa – yillik foiz miqdori 14 foizni tashkil qiladi.

Xo‘sh, Nexia 3 avtomobili kreditga olish uchun qanchaga tushadi?
GM Uzbekistan​ sahifasida Neksiya 3 avtomobilining boshlang‘ich narxi 66 mln so‘m deb ko‘rsatilgan. Shundan 30 foiz, o‘rtacha 20 mln. so‘mni tashkil qiladi. Demak biz bankdan 46 mln. so‘m kredit olamiz.
Bank kredit berish muddati 3 yil bo‘lgani uchun ushbu summani 36 oyga bo‘lamiz. Demak, biz har oy bankka 1 277 777 so‘m kreditning asosiy summasini qaytarishimiz kerak bo‘ladi.

Undan tashqari bankka foiz stavkasini ham qaytarishimiz kerak bo‘ladi. Foiz stavkasi esa, kredit to‘langan sari pasayib boradi. Birinchi oyda bankka 613 ming so‘m foiz to‘lasak, oxirgi oyda 17 ming to‘laymiz.
Shuning uchun, har oy bankka to‘lash kerak bo‘lgan summa ham o‘zgarib boradi. Birinchi oyda 1, 891 ming so‘m to‘lash kerak, 13 oyda to‘lov miqdori 1, 686 ming so‘mga tushadi, 25 oyda esa — 1,482 mingni tashkil qiladi.

Bank talabiga ko‘ra oylik to‘lov miqdori jismoniy shaxs maoshining 85 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Demak, kredit olishni istagan shaxs maoshi 2 mln. so‘mdan ko‘p bo‘lishi kerak.
Undan tashqari, odatdagidek hujjatlar to‘plami kerak bo‘ladi: pasport, turar joyidan ma’lumotnoma, ish joyidan oxirgi 12 oy davomida maoshi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma va avtosalon bilan tuzilgan shartnoma kerak bo‘lar ekan.

Bankning oxirgi talabi, kredit olingan davrda avtomobil to‘liq sug‘urtalangan bo‘lishi kerak ekan.
Nexia 3 sotib olish uchun 20 mln. so‘m naqd pul, 2 mlndan ortiq rasmiy oylik va bir necha oddiy hujjat bo‘lsa etar ekan. Aytishga oson ekanu, yo‘l-yo‘lakay suv ostidan xarsang toshlar chiqib qolmasa bo‘ldi…

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobilni kreditga olish uchun qanday hujjatlar kerak?