O‘rgimchak-odam haqidagi "Uyga qaytish" filmining premerasida yangi avlod Audi A8 sedani namoyish qilindi. Nemis markasining flagman modeli rasmiy debyuti 11 iyul kuni Barselonada bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Audi matbuot xizmati xabar berdi.
Superqahramon kiyimini kiygan bosh rol ijrochisi Tom Holland Los-Anjelesdagi TCL Xitoy teatri qizil yo‘lakchasida Yangi Audi A8 kapotida namoyon bo‘ldi. Filmdagi boshqa aktyorlar - Jon Favro va kenja Robert Dauni esa premeraga qora rangli Audi R8 Spyder superkarida kelishdi.
Manbaga ko‘ra, yangi avlod Audi A8 sedani nemis markasi tarixidagi texnik jihatdan eng mukammal model bo‘ladi. Flagman sedani takomillashtirilgan "uchinchi darajali" avtomatik boshqaruv tizimiga ega bo‘ladi. Bu avtomobilga mustaqil ravishda tezlashish, to‘xtash va soatiga 60 kilometr tezlikda turli manevrlarni bajarish imkonini beradi.
Bundan tashqari, sedan chegaralangan maydonda haydovchi ishtirokisiz joylashishga qodir. Mazkur funksiya kalit-brelok yoki smartfondagi maxsus ilova yordamida faollashadi.
Shuningdek yangi mashina har qanday kutilmagan zarba va salondagi vibrasiya holatlarini to‘liq chetlab o‘tish uchun yo‘llardagi har bir notekislikka moslasha oluvchi "aqlli" adaptiv jihozga ega bo‘ladi.
Yangi Audi A8 avtomobilning old qismiga o‘rnatilgan 48 voltli generatordan quvvatlanuvchi 4 kompakt elektromotorni o‘zida jamlagan gibrid kuch mexanizmi bilan ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi