09:11 / 12.07.2017
6 345

Porsche o‘z tarixidagi rekord natijaga erishdi

Porsche o‘z tarixidagi rekord natijaga erishdi
Volkswagen konserni tarkibiga kiruvchi, sport mashinalari ishlab chiqaruvchi Porsche kompaniyasi savdolar bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatdi. Joriy yarim yil natijalariga ko‘ra, kompaniya 126497 dona mashina sotgan.

Ushbu natijalar 2017 yilning 1-yarimyilligiga yakun yasash uchun chop etilgan. Ma’lum qilinishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgidan 7 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.

Kompaniya savdo hajmida asosiy ulush Macan modeliga tegishli bo‘lgan. 2-o‘rinni esa Cayenne modeli egallagan. Bu mashinadan 1-yarimyillikda 35601 dona sotilgan.

Bu orada Deutsche Welle nashrining ma’lum qilishicha, kompaniya "dizel mojarosi"ga aralashgan bo‘lishi mumkin. Shtutgart prokuraturasi taxminicha, kompaniya Volkswagen’ning chiqindi gazlar bilan bog‘liq firibgarliklariga aralashgan bo‘lishi mumkin. Nashrning ta’kidlashicha, kompaniyada chiqindi gazlar bilan bog‘liq firibgarliklar va nohalol reklamaga yo‘l qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Porsche o‘z tarixidagi rekord natijaga erishdi