12:48 / 03.08.2017
6 102

GM Uzbekistan avtomobillarini sotishdagi tovlamachilik fosh etildi

GM Uzbekistan avtomobillarini sotishdagi tovlamachilik fosh etildi
Sirdaryo viloyati Milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari bilan hamkorlikda GM Uzbekistan avtomobillarini sotishda tovlamachilik bilan shug‘ullangan «Sirdaryoavtotexxizmat» MChJ avtosaloni direktori Abdumurod Haqberdievni qo‘lga olishdi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, A.Haqberdiev Ikkinchi jahon urushi faxriysining «Kaptiva» avtomobili olish uchun imtiyozli sertifikatidan foydalanish evaziga faxriyga 10 million so‘m berishni va’da qilgan. Haqberdiev urush faxriysiga 9 May bayrami munosabati bilan taqdim etilgan sertifikatni boshqa odam nomiga rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

«Tezkor xodimlar uni faxriyga 10 million so‘m berayotgan chog‘ida qo‘lga olishdi. Keyinroq uning boshqa ishlari ham fosh bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, Haqberdiev mashinani bozor bahosidan ancha arzon sotib olish imkonini beruvchi tovlamachilik sxemasini yaratgan. U bu xizmati uchun mashina narxining 50% qismini pora sifatida olgan», — dedi MXX xodimi.

Faxriylar sertifikati mashinani navbatsiz va sertifikat taqdim etilgan paytdagi narxda sotib olish huquqini beradi. «Kaptiva»ning ilgarigi narxi 135 million so‘m edi. Tovlamachilik sxemasi orqali mashina sotib olgan xaridor avtoning hozirgi narxidan anchagina kam pul to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Haqberdiev shu tarzda 10 ta avtomobil sotgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti Sirdaryo viloyat boshqarmasi A.Haqberdievga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan avtomobillarini sotishdagi tovlamachilik fosh etildi