Amerikaning General Motors avtomobil konserni jahon bo‘yicha tarqalgan 800 mingga yaqin Chevrolet Silverado 1500 va GMC Sierra 1500 avtomobillarini ruldagi muammolari sabab chaqirib oladi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib, «Daryo» nashri xabar berdi.
AQShdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya 2014 yilda chiqqan modellarining rul qismidagi elektr kuchaytirgichlar vaqtinchalik, ayniqsa, past tezlikdagi harakatda manyovrlarni bajarishda izdan chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.
Mazkur jarayon doirasida AQShdagi 690 ming, Kanadadagi 80 ming va boshqa bozorlardagi 25 ming ushbu modeldagi avtomobillar chaqirib olinadi. Muammoni hal qilish uchun GM dillerlari dasturiy ta’minotni qayta o‘rnatishadi.
General Motors vakillarining so‘zlariga ko‘ra, muhandislar yangi modellarni ishlab chiqarishda bir nechta o‘rgartirishlarni amalga oshirgan bo‘lib, bu kuchaytirgichning o‘chishiga olib keladigan kuchlanishning pasayishini bartaraf etadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi