18:11 / 13.08.2017
11 353

Yilning eng yaxshi “high-tech” avtomobillari – Top-10

Yilning eng yaxshi “high-tech” avtomobillari – Top-10
Bugun jahon avtomobil sanoatida mashina va yuqori texnologiyalarni omixtalashtirishga alohida diqqat qilinmoqda. Gibrid va elektr avtomobillar savdosi tobora yuqorilab bormoqda. Bugun xarid chog‘ida avtomobilning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish lozim.

Axborot-ko‘ngilochar interfeys

Hozircha bunday interfeys uchun biror standart ishlab chiqilmagan. Shu bois ham, bu jihatga ega mashinani tanlash oson emas. Audio ketma-ketlikni boshqarish, navigasiya, maxsus ilovalardan foydalanish funksiyalarga boy va haydovchi uchun har qanday sharoitda foydalanishga qulay bo‘lishi bu standartning bosh mezonlari bo‘lishi shart. Bu borada hozircha Toyota Entune hamda Volvo Sensus Connect kabi tizimlar haydovchilar orasida ma’lum va mashhur.

Aloqa qilish va ilovalar

Qulay navigasiya tizimi, yo‘ldagi tirbandliklardan xabardor qiluvchi tizimlar, xarita-qidiruv ilovalari va haydovchi uchun yo‘lda zarur boshqa ma’lumot-axborot xizmatlari, haydovchini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan boxabar qilish tizimlarini ishlab chiqarish avtomobilsozlarning diqqat markazida turibdi.

Bu borada Mercedes-Benz mbrace2, Chevy MyLink, Apple CarPlay va Android Auto tizimlarining ilg‘or jihatlarini qayd etish mumkin.

Audio

Musiqiylik avtomobil xaridorining muhim talablaridan biri. AM va FM (HD sifatda), sun’iy yo‘ldosh tizimi orqali radio tinglash, CD va DVD, USB orqali va boshqa portlar orqali ovozni tinglash, SD-kartalarning mavjudligi, Bang & Olufsen kabi professional audio tizimlarning mavjudligi yuqori imkoniyatli mashinalarga qo‘yiladigan bosh talab.

Navigasiya

Mashinalardagi "aqlli" xarita tizimi orqali manzilga etib olish ko‘pchilik uchun yangilik emas. Bu borada Audi'ning Google Earth xizmatiga ulangan MMI tizimi ancha ilg‘or. Bu tizim hatto mashinani biror joyga joylashtirish chog‘ida ham ma’lumotlarni taqdim qiladi.

Bluetooth

Blueooth mobil gadjetlar orqali musiqani simsiz taratish uchun ayni muddao. Bu modul yordamida smartfon va mashinadagi ilovalarni ham bog‘lash mumkin.

Gibrid mashinalar

Bu avtomobillar faqatgina benzin yoki gaz ta’minotiga qarab qolmaydi. Ularda elektrdan quvvat oladigan motor ham bo‘ladi. Bu borada Nissan Leaf va Tesla mashinalari e’tiborga loyiq.

Xavfsizlik

Zamonaviy mashinalarda haydovchiga yordam beradigan xavfsizlik tizimlari bo‘ladi. Kamera va sensorlar mashinani xavfsiz boshqarishga yordam beradi.

Quyida ana shu jihatlarga ega, ayni paytda eng ilg‘or yuqori texnologiyali avtomobillar haqidagi ma’lumotni taqdim qilamiz.

2015 Tesla Model S P85D elektromobili

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $133320.00.

O‘ziga xosligi: 2015 yilgi Tesla Model S avtomobili elektrda yurishi, texnologik funksiyalarga boyligi bilan diqqatga sazovor. P85D modeli esa hasham va samaradorlik bo‘yicha raqiblarini ortda qoldiradi.

2017 Chevy Volt Premier

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $39950.00.

O‘ziga xosligi: 2017 yilga tegishli Chevy Volt avtomobili samarali quvvat sarflash tizimi, yo‘lovchilar xavfsizligi ta’minoit yuqori darajadaligi, qiziq va ko‘ngilochar jihatlarga boyligi, gibrid-avtomobilligi bilan e’tiborga loyiq.

2017 Ford Fusion Hybrid

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $38290.00.

O‘ziga xosligi: Jozibador dizayni va salohiyatli ishlash tizimi bilan ko‘ngildagidek mashina. 2017 yilgi Ford Fusion Hybrid yilning eng yaxshi sotilayotgan avtomobillaridan.

Toyota Avalon Hybrid Limited

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $34639.00

O‘ziga xosligi: Agar siz yoqilg‘i sarflashda tejamkor gibrid, keng salonli va hashamdor, samarador tizimga ega mashina izlab yurgan bo‘lsangiz, cheklangan nusxada chiqarilgan Toyota Avalon Hybrid Limited aynan siz uchun.

2016 Toyota Prius Four Touring Review

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $33242.00.

O‘ziga xosligi: 2016 yilga taalluqli, yangi dizaynda ishlab chiqarilgan Toyota Prius Four Touring mashinasi "bag‘rikeng". Shuningdek, uning yukxonasi ham sig‘imdor. U ayni paytda benzinni tejaydigan eng yaxshi gibrid avtomobillardan biri.

2017 Kia Optima Hybrid EX

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $37235.00.

O‘ziga xosligi: 2017 Kia Optima Hybrid'ning tashqi ko‘rinishi nihoyatda jozibador va salobatli. Avtomobilga o‘tirishingiz bilan uni yaratish jarayonida sifatli xomashyolardan foydalanilgani shundoq seziladi.

2017 Kia Optima Plug-in Hybrid

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $41750.00.

O‘ziga xosligi: O‘rtacha o‘lchamli 2017 Kia Optima Plug-In avtomobili ixcham va qulay. Gibrid avtomobil sifatida ko‘pchilik orasida tanilgan.

2017 Acura MDX Sport Hybrid

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $58975.00.

O‘ziga xosligi: Honda kompaniyasining bo‘linmasi bo‘lgan Acura brendi qimmatbaho avtomobillari bilan nom qozongan. Acura MDX Sport gibridi ko‘rinishidanoq barchani o‘ziga maftun qiladi.

2017 Nissan Leaf SL

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $39425.00

O‘ziga xosligi: Nissan Leaf 107 ta ot kuchiga ega va 24 kVt soat batareya bilan ta’minlangan 80 kilovattli motorga ega. Uning aerodinamik dizayni va svetodiodli faralari kelajakka xos texnologiya.

2017 Toyota Mirai Review

Ishlab chiqaruvchi tomonidan chakana savdoda sotish tavsiya qilingan narx: $58395.00.

O‘ziga xosligi: Bu sotib olish mumkin bo‘lgan vodorodda harakatlanadigan yagona mashina. Toyota Mirai'ning elektromobillardan ustun jihatlari bor. Uning akkumulyatorini tezkor quvvatlash mumkin.

Manba: Terabayt.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yilning eng yaxshi “high-tech” avtomobillari – Top-10