Tesla hamda SpaceX asoschisi Ilon Mask 28 avgust kuni o‘zining The Boring Company kompaniyasi tomonidan Los-Anjeles yaqinida qazigan tunnelida Tesla Model S’ni taqdim etdi, Bu haqda «Meduza»ga tayanib «Daryo» yozmoqda.
Los-Anjeles ostidan o‘tuvchi tunnel yo‘llarda avtomobillar tirbandligini aylanib o‘tish imkonini beradi. Maskning fikriga ko‘ra, avtomobil maxsus lift yordamida yer ostiga tushishi, u yerda esa magnit relslari orqali soatiga 200 kilometr tezlikda harakatlanadigan maxsus aravaga o‘rnashishi kerak bo‘ladi.
Tunnellarni qurish fikri Maskda 2016 yilning oxirida paydo bo‘lgan. Avvaliga barcha Mask hazillashmoqda deya o‘yladi, biroq ko‘p o‘tmasdan Maskning The Boring Company kompaniyasi Los-Anjeles yaqinidagi Xotorn shahrida tunnel qazishni boshladi. Avgust oyida rasmiylar uch kilometrdan ortiq sinov tunneliga ruxsat berishdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?