12:22 / 05.09.2017
23 902

GM Uzbekistan avtomobillari narxi so‘mda belgilandi. Yangi narxlar bilan tanishing

GM Uzbekistan avtomobillari narxi so‘mda belgilandi. Yangi narxlar bilan tanishing
Har hafta dushanba kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qilganidan so‘ng, AQSh dollariga belgilangan qiymatga qarab seshanba kunidan GM Uzbekistan avtomobillariga ham yangi narxlar joriy etilar edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26 maydagi "Jeneral Motors O‘zbekiston" AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, 2017 yil 1 iyundan e’tiboran GM Uzbekistan avtomobillari narxi dollarda belgilanib, shu kundagi qiymatga ko‘ra so‘mga sotilayotgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 2 sentyabrdagi farmonining bajarilishi doirasida, 2017 yil 5 sentyabridan e’tiboran GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar chakana narxlari milliy valyuta – so‘mda belgilanadi. Bu haqda kompaniya rasmiy axborot berdi.

Shu bilan birga, yuqorida ko‘rsatilgan Farmon qabul qilingan sanada amal qilgan avtomobillar chakana narxlari saqlanib qolinadi.

2017 yil 5 sentyabrgacha tuzilgan shartnomalar asosida avtomobillarga to‘lov qabul qilish va ularni yetkazib berish ushbu shartnomlarda ko‘rsatilgan shartlar, narxlar va muddatlar asosida amalga oshiriladi.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan avtomobillari narxi so‘mda belgilandi. Yangi narxlar bilan tanishing