18:01 / 06.09.2017
194 315

Musodara qilingan avtomobillarni onlayn auksion orqali sotish boshlandi

Musodara qilingan avtomobillarni onlayn auksion orqali sotish boshlandi
Yuridik va jismoniy shaxslarning sud hukmi bilan davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulki 1 sentyabrdan boshlab O‘zbekistonda ish boshlagan «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida kim oshdi savdosiga qo‘yila boshlandi, deb yozadi Sof.uz nashri.

Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi saytida 1 sentyabrdan ochilgan kim oshdi savdosida 10 ta eski VAZ, UAZ, Neksiya rusumli avtomobillar savdoga qo‘yilgan.

Kim oshdi savdosi deyarli barcha o‘zbekistonliklar uchun ochiq, Toshkent shahri va viloyatidagi ko‘chmas mulk auksionga qo‘yilganda, potensial xaridor Toshkent propiskasiga ega bo‘lishi shart. Ayni paytda, sud¸ prokuratura, ichki ishlar, soliq, bojxona tizimi, shuningdek MXX xodimlari, qolaversa, baholash xizmati vakillarining auksionda qatnashishi taqiqlangan.

U ëki bu savdoda qatnashmoqchi bo‘lganlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va kim oshdiga qo‘yilgan mol-mulkning birlamchi bahosining 5 foizi miqdorida zakalat qo‘yishlari lozim.

Ilgari xabar berilganidek, 2017 yil 1 sentyabrdan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.

2017 yil 1 sentyabrdan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.

Ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlash, narx-navo manipulyatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlash maqsadida «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 iyul 2017 yilda PQ-3149- sonli qarori qabul qilingan.

Shu bilan birga, ushbu qaror bilan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” nizom tasdiqlangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Majburiy ijro Byuro huzuridagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasini (Markaz) tashqil qilingan. Markaz sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operator hisoblanadi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilangan:
  • sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish;
  • mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
  • fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
  • elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo kalitlarining sertifikatlarini berish;
  • mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Musodara qilingan avtomobillarni onlayn auksion orqali sotish boshlandi