23:40 / 20.09.2017
8 519

Birja auksionlarida «birinchi» darajali avtoraqamlar joylashtirildi

Birja auksionlarida «birinchi» darajali avtoraqamlar joylashtirildi
2017 yilning 20 sentyabrida birjaning avtoraqam.uzex.uz vebsaytiga sotuvga avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qo‘yilishi boshlandi, deb xabar beradi Kun.uz.

Xususan, savdolarga Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun 50dan ziyod «oltin» avtoraqamlar va yuridik shaxslar uchun 25dan ortiq lotlar joylashtirildi. Bugungi kundan e’tiboran O‘zRTXB axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar eng kutilayotgan (01) C 777 AB, (01) C 700 AB yoki (01) C 001 AB kabi avtoraqamlar bo‘yicha onlayn auksionlarda ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, avtoraqam.uzex.uz vebsayti birjaning Call-markaziga kelib tushayotgan takliflar asosida muntazam ravishda takomillashtirilmoqda. Shu jumladan, vebsaytga buyurtmalar stakani, shaxsiy kabinetda qidirish tizimi, istagan lotga obuna bo‘lish kabi qo‘shimcha funksiyalar kiritildi, ko‘p beriladigan savollar bo‘limi va berilgan takliflar ro‘yxati yaratildi, hamda xaridorlar uchun auksionda ishtirok etish qo‘llanmasi joylashtirildi. Eslatib o‘tamiz, birinchi toifali avtoraqamlarni savdolar bosqichi – 3 foizni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Birja auksionlarida «birinchi» darajali avtoraqamlar joylashtirildi