22:45 / 21.09.2017
12 225

“Oltin raqamlar” onlayn auksionga qo‘yildi!

“Oltin raqamlar” onlayn auksionga qo‘yildi!
Avvalroq, avtomototransport vositalari uchun mo‘ljallangan davlat namunasidagi “chiroyli raqam”larni onlayn kimoshdi savdosi orqali olish imkonini beruvchi sayt ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.

19 sentyabr kuni “Avtoraqam.uzex.uz” sayti orqali o‘tkazilgan avtomototransport vositalari uchun auksionda 01 Z 770 ZA ni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro 50 million 773 ming so‘mga sotib olgan edi.

Kecha, 20 sentyabr kuni birjaning “Avtoraqam.uzex.uz” saytida avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini sotuvga qo‘yilishi boshlandi. Bu haqda “O‘zRTXB” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo‘yicha jismoniy shaxslar uchun 50 dan ziyod “oltin avtoraqamlar” va yuridik shaxslar uchun 25 dan ortiq lotlar joylashtirilgani aytilgan. Tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar kutilgan “oltin raqamlar”:
  • 01 C 777 AB;
  • 01 C 700 AB;
  • 01 C 001 AB

uchun onlayn auksionlarda ishtirok etishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, auksion saytiga auksionda ishtirok etish qo‘llanmasi joylashtirilgan. Birinchi toifali avtoraqamlarni savdolar bosqichi 3% ni tashkil etadi.

Avvalroq, “chiroyli raqam”larni onlayn auksionda ishtirok etmasdan turib ham olish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan auksionlarni o‘tkazishda barcha choralar, firibgarliklar hisobga olingan holda tizim yaratilgan edi.

Bundan tashqari, 14 sentyabr kuni avtoraqamni sotish bo‘yicha ilk bitim tuzilgan edi.

Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » “Oltin raqamlar” onlayn auksionga qo‘yildi!