GM Uzbekistan kompaniyasining rasmiy saytida «45 daqiqa ichida avtomobil!» deb nomlangan yangi rukn ochildi, deb yozadi Kun nashri.
Ushbu bo‘limda «45 daqiqa ichida avtomobil!» dasturi doirasida savdoga qo‘yilgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish mumkin. Mijoz avtomobil uchun to‘lov qilgan zahoti uning egasiga aylanadi. Ro‘yxat har kuni yangilanib boradi.
«Mazkur taqsimot asosida, avtomobil sotib olish istagidagi mijozlar shartnoma tuzish uchun dilerlik korxonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin», — deyilgan GM Uzbekistan sayti xabarida.
Dastur doirasidagi jadvaldan GM Uzbekistan’dagi barcha dilerlari (avtosalonlari) o‘rin olgan bo‘lib, ularda har bir diler ixtiyorida 45 daqiqa ichida sotib olish mumkin bo‘lgan Matiz, Spark, Nexia 3, Cobalt va Lacetti avtomobillari soni ko‘rsatilgan.
Kompaniya avtomobillar soni chegaralangani haqida qo‘shimcha qilgan.
Agar diler ixtiyorida «45 daqiqada avtomobil!» dasturi doirasida sotiladigan avtomobillar qolmagan bo‘lsa, mijoz keyingi oylar taqsimoti hisobidan beriladigan avtomobil uchun elektron buyurtmani rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»