16:27 / 27.09.2017
14 132

Birovning avtomashinasini boshqarganlik uchun jarima qancha?

Birovning avtomashinasini boshqarganlik uchun jarima qancha?
Birovning avtomashinasini boshqarganlik uchun qancha jarima belgilanadi?Shu haqda batafsil ma’lumot bersangiz.

Xolmatjon Saydaliyev, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i:

— O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 1351-moddasiga ko‘ra, transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari, uni ro‘yxatdan o‘tkazganlik hakidagi, shuningdek transport vositasiga egalik qilish, egasi yo‘qligida undan foydalanish yoki tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari, transport vositasi egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa litsenziya kartochkasi yoki yo‘l varaqasi yonida bo‘lmagan holda boshqarilsa, ishonchnomalarni, transport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish va ijaraga berish shartnomalarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan (hisobga qo‘ymasdan) transport vositalari boshqarilsa eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solinadi.

Manba: Darakchi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Birovning avtomashinasini boshqarganlik uchun jarima qancha?