16:46 / 02.10.2017
13 785

Onlayn auksionda 2 millard so‘mlik “chiroyli raqamlar” sotildi!

Onlayn auksionda 2 millard so‘mlik “chiroyli raqamlar” sotildi!
Joriy yilning 20 sentyabr kunidan boshlab birjaning “Avtoraqam.uzex.uz” saytida avtotransport vositalari uchun birinchi toifali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini sotuvga qo‘yilishi boshlangan edi.

Bugunga qadar onlayn auksionlarda 120 ga yaqin davlat raqamlari sotildi.

Ushbu sotilgan raqamlarning umumiy qiymati 2 millard so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyati aholisi tomonidan ko‘proq avtoraqamlar sotib olingan.

Sirdaryo, Namangan, Surxondaryo, Xorazm, Navoiy viloyatlari aholisi onlayn auksionlarda ishtirok etgan bo‘lsalarda, ular tomonidan “chiroyli raqamlar” sotib olinmagan.

Raqamlar sotilishidan kelib tushgan mablag‘ Davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.

Avvalroq, avtomototransport vositalari uchun mo‘ljallangan davlat namunasidagi “chiroyli raqam”larni onlayn kimoshdi savdosi orqali olish imkonini beruvchi sayt ishga tushirilgani haqida xabar bergan edik.

“Chiroyli raqam”larni onlayn auksionda ishtirok etmasdan turib ham olish mumkinligi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi tomonidan auksionlarni o‘tkazishda barcha choralar, firibgarliklar hisobga olingan holda tizim yaratilgan edi.

Bundan tashqari, 14 sentyabr kuni avtoraqamni sotish bo‘yicha ilk bitim tuzilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Onlayn auksionda 2 millard so‘mlik “chiroyli raqamlar” sotildi!