18:30 / 02.11.2017
7 601

Germaniyada 14 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘ldi

Germaniyada 14 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘ldi
Germaniyadagi Nyurburgring trassasida 14 ta avtomobil ishtirokida ommaviy avariya sodir bo‘ldi. Buning oqibatida uch kishi jarohat oldi. Bu haqda «Motor»’ga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Noxush hodisa Hatzenbach burilishida Porsche 911 GT3 RS’ning sovutish suyuqligini oqib ketishi oqibatida yuzaga kelgan. YTH oqibatida uch kishi jarohat olgan bo‘lib, ular vertolyotda shifoxonaga jo‘natilgan.

Nyurburgringdagi so‘nggi yirik avariya joriy yilning avgust oyida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda McLaren 650S superkarining moyi oqib ketishi 10 ta avtomobilning to‘qnashuviga olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Germaniyada 14 ta avtomobil ishtirokida avariya sodir bo‘ldi