11:00 / 05.11.2017
7 446

Ravon Rossiyadagi eng arzon avtomobillar qatoridan joy oldi

Ravon Rossiyadagi eng arzon avtomobillar qatoridan joy oldi
Rossiya avtomobillar bozorida 2017 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida yangi yengil avtomobilning o‘rtacha narxi 1,33 mln rublni tashkil qildi. Bu davr ichida xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar o‘rtacha narxi 1,54 mln rublni, Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarniki esa 0,58 mln rublni tashkil qildi.

“AVTOSTAT” tahliliy agentligi mutaxassislari tomonidan joriy yilning dastlabki 9 oyi hisobga olingan holda tuzilgan reytingga 500 donadan ko‘proq avtomobil sotgan 40 ta marka kirdi. Ta’kidlash kerakki, har bir modelning ham qimmat, ham arzon modifikatsiyalari hisobga olingan.

Tadqiqot natijasiga ko‘ra, Land Rover avtomobillari eng yuqori o‘rtacha narxga ega bo‘lgan – 5,68 mln rubl. Mutaxassislarning fikricha, premium-segment avtomobillariga narxlar 2,7 mln rubldan 5,7 mln rublgacha oraliqda tebranadi.

Bundan tashqari, ommabop segmentga taalluqli bo‘lgan bir qator markalarning o‘rtacha narxi Rossiya bo‘yicha o‘rtacha narxlardan yuqoriroq turadi. Bular Honda (2,27 mln rub.), Toyota (2,26 mln rub.), Subaru (2,18 mln rub.), Mitsubishi (1,95 mln rub.) va boshqalar.

Arzon narxdagi avtomobillar segmentini Yaponiyaning Datsun (0,53 mln rub.), O‘zbekistonning Ravon (0,54 mln rub.), Rossiyaning LADA (0,56 mln rub.) markalari yakunlamoqda. Bu markalar avtomobillari o‘rtacha narxlar bo‘yicha Rossiya bozorida eng arzonlari hisoblanadi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ravon Rossiyadagi eng arzon avtomobillar qatoridan joy oldi