16:39 / 22.11.2017
57 902

GM Uzbekistan 2019 yildan yangi avtomobillar ishlab chiqara boshlaydi

GM Uzbekistan 2019 yildan yangi avtomobillar ishlab chiqara boshlaydi
O‘zbekistonda 2019 yildan boshlab Chevrolet Tracker va yangilangan Chevrolet Cobalt avtomobillari seriyali ravishda ishlab chiqarila boshlanadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu kelishuvga O‘zbekiston davlat rahbarining Janubiy Koreyaga bo‘lgan tashrifi davomida erishildi.
Ushbu shartnoma Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilashni ham nazarda tutgan. Bu ichki va tashqi bozorda ushbu avtomobilga bo‘lgan qiziqishni orttirishi kerak. Ishlab chiqarish Asakadagi zavodda 2019 yilda yo‘lga qo‘yiladi.

Undan tashqari tashrif davomida “O‘zavtosanoat” va DK Group orasida mototsikllar va uch g‘ildirakli texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish haqida shartnoma imzolandi. Ushbu mototsikl va motorollerlar uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashayotgan aholi ehtiyojlarini qondirishi kerak. Bunday texnika yordamida kichik hajmdagi yuklarni ham tashish mumkin bo‘ladi.

Prezident tashrifi doirasida “O‘zavtosanoat” AJ va Koreya korxonalari orasida umumiy qiymati 189,9 million dollar bo‘lgan yettita shartnoma imzolandi. Shuningdek, boshqa savdo vaiqtisodiy sohalarda 614 million dollarlik shartnomalar imzolandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM Uzbekistan 2019 yildan yangi avtomobillar ishlab chiqara boshlaydi