00:46 / 15.12.2017
6 390

Alibaba istalgan avtomobilni sinovdan o‘tkazish imkonini beradigan servisni ishga tushiradi

Alibaba istalgan avtomobilni sinovdan o‘tkazish imkonini beradigan servisni ishga tushiradi
Alibaba ko‘chada ko‘rilgan istalgan avtomobilni sinovdan o‘tkazish imkonini beradigan servisni ishga tushiradi. Bu haqda Motor nashriga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Kompaniyaga tegishli «Tmall.com» internet maydoni mijozlari maxsus mobil dastur yordamida ko‘chada mashinani suratga tushirishi, shundan so‘ng tasvirni dasturga yuklashi mumkin.

Dastur, o‘z navbatida, bunday mashina vending avtomatida bor-yo‘qligi va test-drayv uchun buyurtma qilish mumkinligini aniqlab beradi.

Test-drayvlar bepul bo‘ladi, avtomobildan foydalanishning maksimal muddati uch kundan iborat. Shunisi ham borki, mashinalarni faqat yuqori reytingga ega mijozlar buyurtma qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Alibaba istalgan avtomobilni sinovdan o‘tkazish imkonini beradigan servisni ishga tushiradi