17:43 / 05.01.2018
11 315

«GM Uzbekistan» yengil avtomobillari uchun aksiz solig‘i pasaytirildi

«GM Uzbekistan» yengil avtomobillari uchun aksiz solig‘i pasaytirildi
O‘zbekistonda «GM Uzbekistan» AJ yengil avtomobillari uchun aksiz solig‘i 5,4 barobarga kamaydi, deb yozmoqda Kun nashri.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 29 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, «GM Uzbekistan» AJ yengil avtomobillari uchun aksiz solig‘i stavkasi 2018 yilda 5 foizni tashkil etadi.
2017 yilning boshida «GM Uzbekistan» AJ yengil avtomobillari uchun aksiz solig‘i stavkasi 29 foizni tashkil etgandi. 2017 yilning yozida aksiz solig‘i 2 foizga kamaytirilib, 27 foizga tushirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «GM Uzbekistan» yengil avtomobillari uchun aksiz solig‘i pasaytirildi