12:50 / 13.02.2018
5 621

Range Rover gibridi 999 ta tik pillapoyani bosib o‘tdi (video)

Range Rover gibridi 999 ta tik pillapoyani bosib o‘tdi (video)
Range Rover Sport yo‘ltanlamasining gibrid versiyasi Xitoydagi Tianmen tog‘idagi qiyaligi 45 gradusni tashkil etuvchi, 999 ta pillapoyadan iborat «Osmon darvozasi» arkasiga chiqib bordi, deb yozadi Kun nashri. Yuqoriga intilish haqidagi rolik Land Rover’ning YouTube’dagi rasmiy kanalida e’lon qilindi.

Yuqoriga chiqishda yo‘ltanlamas avtomobil rulini 2017 yilgi LMP2 tasnifidagi «Le-manda 24 soat» poygasi g‘olibi, xitoylik poygachi Xo Ping Tung boshqarib borgan. Pillapoyalargacha u 99 ta muyulishdan iborat to‘g‘rining burama yo‘llarini ham katta tezlikda bosib o‘tgan.

Range Rover Sport’ning gibrid versiyasi 2017 yilgi yangilanishlardan so‘ng paydo bo‘ldi. Bunday modifikatsiya 300 ot kuchi quvvatli «turboto‘rtlik», 116 ot kuchiga ega elektr dvigatel, sakkiz diapazonli avtomatik uzutmalar qutisi, shuningdek, 13,1 kilovatt-soat sig‘imga ega litiy-ionli akkumulyatorlar bilan jihozlanadi. Avtomobilning jamlangan quvvati 404 ot kuchiga teng.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Range Rover gibridi 999 ta tik pillapoyani bosib o‘tdi (video)