18:10 / 13.02.2018
45 478

Yana bir avtokredit. Bunisi mutlaqo qulay va oson

Yana bir avtokredit. Bunisi mutlaqo qulay va oson
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki jismoniy shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida qulay va oson shartlar asosida «Avtokredit» turini taqdim etadi.

Bank axborot xizmatining xabar berishicha, kredit 3 yil muddatga yillik 22-24 foizda joriy etiladi. Kredit 3 (uch) yildan oshmagan muddatga kreditni so‘ndirish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.

Avtomobil qiymatidan qarzdorning/mijozning o‘z mablag‘i chegirilgandan so‘ng qolgan qismiga qarzdor/mijoz uchun kredit rasmiylashtiriladi.

Kredit hujjatlarini rasmiylashtirish uchun undiriladigan bir martalik bank vositachilik haqi bank tariflariga muvofiq belgilanadi.

Ikkilamchi bozordan sotib olinayotgan avtomobil, uning texnik pasportida ko‘rsatilgan ishlab chiqarilgan sanasidan boshlab 3 yildan ortiq ekspluatatsiya qilinmagan bo‘lishi lozim.

Qarzdor/mijoz avtomobilni ikkilamchi bozordan kreditga sotib olayotganda, kredit ta’minoti sifatida sotib olayotgan avtomobil o‘rniga bankni qoniqtiradigan boshqa ta’minot yoki uchinchi shaxs kafilligini taqdim etsa, avtomobilning texnik pasportida ko‘rsatilgan ishlab chiqarish sanasidan boshlab 5 yildan ortiq ekspluatatsiya qilinmagan avtomobil sotib olinishiga yo‘l qo‘yiladi.

Avtokreditni rasmiylashtirish uchun bankning barcha bo‘limlariga murojaat qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yana bir avtokredit. Bunisi mutlaqo qulay va oson