Bahs: Lada Vesta zo‘rmi yoki Lacetti?

  • Avto
  • 13-02-2018, 23:53
  • 2 234
  • Баҳс: Lada Vesta зўрми ёки Lacetti?
    Tanishing: ikki do‘st Ahmad va Rahmat. Ahmad “Lasetti”ni, Rahmat esa “Lada Vesta”ni yoqtiradi. Siz-chi? Tanlashga qiynalyapsizmi? Biz ulardan maslahat so‘radik. Keling unda bahsni kuzating.

    Ahmad: “Lasetti” yaxshi, albatta. Sinovdan o‘tgan, zapchasti hamma yerda bor, qidirsang topiladi. O‘zimizning milliy mashina.
    Rahmat: “Lada Vesta”ga teng kelmaydi. Eng yaxshi mashina bu yangi mashinadir. “Vesta” 3, “Lasetti” 15 yillik mashina.

    Ahmad: “Lada Vesta” bu avvalgi “Jiguli”. Faqat dizayni o‘zgartirilgan.
    Rahmat: Vesta ko‘p parametrlari va xarakteristikasi bo‘yicha “Lasetti” va “Jentra”dan anchagina yaxshi. Masalan, Vestada 1,6 va 1,8 motor, aerodinamikasiyam yaxshi, dizayn, magnitola, multirul, oldi+orqa isitkich, tablo, ERO-GLONASS, AVS, salon kengligi, yomg‘ir va nur datchigi, protivatumanka, R16 litiy disk, kuzovining sifati ham a’lo.

    Ahmad: “Vesta” olti oydan keyin taraq-turuq qilib ishkal chiqara boshlaydi. GM mashinalaridan qolmang. “Lada” mashinalarini olmang.
    Rahmat: “Vesta” Rossiya yo‘llarga mo‘ljallab chiqarilgan, O‘zbekiston yo‘llariga ham juda-juda mos kelishi turgan gap.

    Ahmad: “Lasetti” vaqt sinovidan o‘tgan mashina. Masalan, moskvaliklar “Jentra”ni “Vesta”dan yaxshiroq hisoblaydi.
    Rahmat: Bunga sabab GMning import varianti sifatliroq chiqishi. GM Uzbekistan o‘z mashinalariga 10 yillik dvigatellarni joylaydi. Haliyam bo‘lsa, “Vesta” oling - razvalga kirmaysiz, eshiklarining regulirovkasi zo‘r.

    Ahmad: Saloni bir qarashda qulayga o‘xshaydi, ammo “Vesta”ni kuni bilan haydasangiz, charchatib qo‘yadi. “Lasetti”ni esa qancha haydamang, charchamaysiz.
    Rahmat: GM olsangiz avval razval qilasiz, eshiklarini regulirovka qilasiz, “shumka” qilasiz, sifati past baribir.

    Ahmad: “Vesta” xarid qiling va har kuni vodiyga taksi qilib odam tashing. Bir yilda ahvolini ko‘ramiz.
    Rahmat: “Vesta” shahar ichida yuzga sakkiz litr sarflaydi. To‘qnashuv testidan to‘rt yulduzcha olgan. “Lasetti”ngiz krash-testdan o‘tganmi o‘zi?

    Ahmad: Bizga krash-test shart emas. GM avtomobilini sotib olganlar milliy avtosanoatimizga mablag‘ keltiradi. “Vesta”ngiz qimmat, qo‘shimcha xarajat “Lada”ga ketadi.
    Rahmat: Aslida “Vesta” Jentradan arzon. Eng qimmat komplektatsiyali “Vesta” eng qimmat komplektatsiyali “Jentra” bilan bir xil narxda, ammo “Vesta”ning opsiyalari “Jentra”nikidan ko‘p.

    Ahmad: Olib-sotishni istasangiz “Lasetti”ga yuguring.
    Rahmat: “Lasetti”ning eng arzoni 103 mln so‘m. “Vesta” 95 mlndan 125 mln so‘mgacha turadi.

    Ahmad: “Lada” shunaqa zo‘r bo‘lsa, nega rossiyaliklar chet markalarini minib yuradi?
    Rahmat: Chunki Rossiyada “Lada”ning raqobatchilari ko‘p, O‘zbekistonda esa GMning raqobatchisi yo‘q.

    Siz qanday fikrdasiz?

    Яндекс.Метрика