"Yandeks"da kompaniyaning haydovchisiz avtomobil prototipi Moskva ko‘chalari bo‘ylab harakatlanayotgani namoyish etilgan video taqdim etildi. Rolik YouTube'ning "Yandeks.Taksi" kanaliga joylandi.
"Yandeks" o‘tgan yilning noyabrida avtopilot sinovlariga start bergan. O‘shanda mashinalar yopiq hududlar bo‘ylab harakatlangan, endi esa ular barcha birdek foydalanuvchi umumiy ko‘chalarda sinalgan. Bu avtomobil turargohlardagi mashinalarni chetlab o‘tib, yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborib, soatiga 20-30 kilometr tezlikda harakatlangan.
Kompaniya elektronikani noqulay shart-sharoitlarda to‘g‘ri yo‘nalish olishga o‘rgatmoqda, ya’ni ular hozirda qor bilan qoplangan ko‘chalar va belgilar bo‘ylab harakatlanmoqda. Bundan tashqari, "Yandeks" yaxmalak sharoitlarida harakatlanishning maxsus algoritmlarini ishlab chiqmoqchi.
"Yandeks" avtopilotli ilk prototipini 2017 yilning bahorida namoyish qilgandi. Kompaniyaning sinovdagi avtomobillari Toyota Prius gibridi bazasida qurilgan, shuningdek Velodyne va Nvidia firmalari qurilmalari bilan jihozlangan. Rossiya kompaniyasi dasturiy ta’minotni mustaqil tayyorlamoqda. Ushbu rolikni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda